Tarixda ilk bor erkaklar jamoasiga ayol murabbiy tayinlanadi
Sport
−
01 mart 2023 4883 1 daqiqa
Angliya ayollar terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi, ayollar o‘rtasida Yevro-2022 g‘olibi Jill Luiza Skott futbolchilik faoliyatini yakunlagandan so‘ng, erkaklar jamoasiga murabbiylik qiladigan bo‘ldi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Sobiq futbolchi Jill Skott 2022 yil 23 avgust kuni futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Shundan so‘ng unga turli brend va televideniyelardan takliflar kelgan. U esa joriy yil yozda Avstraliya va Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ekspert bo‘lishni rejalashtirgandi.
Ko‘p o‘tmay Jill Skott qarorini o‘zgartirdi. U “Manchester Siti” jamoasi murabbiyi Pep Gvardiolaning bir necha mashg‘ulot jarayonlarini kuzatganidan so‘ng, murabbiy bo‘lishga qaror qildi. Skott yangi ish faoliyatini “Manchester Siti”ning yoshlar klubida boshlash arafasida turibdi.
Aytib o‘tish joizki, Jill Skott allaqachon UEFA tomonidan murabbiylarga beriladigan “B” darajasini olgan. Hozirda Skott “A” darajaga da’vogarlik qilmoqda. Agar u “A” darajani olsa, professional futbol klublarining bosh murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritishi mumkin.
Mushtariy G‘aniyeva
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025