Farrux Dadaxodjayev: Ichki ishlar xodimlari to‘ylarni boshida turishi kerak emas
Jamiyat
−
14 Sentabr 2019
8529Xabaringiz bor bugun, 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlarining qo‘shma majlisi o‘tkazildi. Majlis kun tartibidagi birinchi masala to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan senator va deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.
“Agar to‘ylarda jamoat tartibi buzilsagina, ichki ishlar xodimlari nazorat qilishi mumkin. Lekin ular to‘ylarni o‘tkazayotganda boshiga borib turishi kerak emas”, dedi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Farrux Dadaxodjayev.
“Albatta, ichki ishlar xodimi turli tadbirlar va bayramlarning osoyishta o‘tishini ta’minlaydi, shu jumladan to‘y va oilaviy marosimlarni ham. Ular to‘ylarga borib nazorat qilmaydi”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narboyeva.
“Xohlaymizmi, xohlamaymizmi kimdir bu besh kunlik dunyoda g‘animat. Baribir bolalaringiz ehson qilishi kerak, xotira qilishi kerak. Mayli yil oshi bo‘lmasin, 100-150 odamga ehsonlik beriliyaptimi, ehson ham qo‘shib kelishi kerak. Hammada ham sharoit yo‘q. Shuning uchun kafedami restorandami o‘tkazadi ehsonlikni. Shuning uchun bu masalani ham qayta ko‘rib chiqish kerak”, dedi Farrux Dadaxodjayev.
“Dabdabaning eng muhim bosqichlaridan bittasi ZAGS (FHDYO)ga borib kelish masalasi. To‘yxonaga borib kelishda 3 tadan ortiq mashina ishlatilmasligi aytilyaptida, dabdabaning eng kattasini oldini olish maqsadida to‘yxonaga ZAGS xodimlari kelib, FHDYO guvohnomasini berish amaliyotini yo‘lga qo‘yishimiz kerak dedi”,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov.
LiveBarchasi