Tanishing: Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik bokschilar tarkibi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16-27 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Ushbu xalqaro musobaqada O‘zbekiston milliy va ayollar terma jamoalari ham ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Xalqaro boks qoidalariga binoan janglar o‘ntadan (erkaklar – 49, 52, 56, 60, 64, 69, 75, 81, 91, +91 kg), (ayollar – 48, 51, 54, 57, 60, 64, 69, 75, 81, +81kg ) vazn toifasida o‘tkaziladi.

Qit’a birinchiligiga O‘zbekiston delegatsiyasi quyidagi tarkibda yo‘l oladi:

Erkaklar:

- 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov

- 52 kg: Hasanboy Do‘smatov 

- 56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov 

- 60 kg: Shukurjon Rahimov

- 64 kg: Shunqor Abdurasulov 

- 69 kg: Bobo-Usmon Boturov 

- 75 kg: Isroil Madrimov 

- 81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov 

- 91 kg: Sanjar Tursunov 

+ 91 kg: Bahodir Jalolov 

Ayollar:

- 48 kg: Fotima Tursunboyeva

- 51 kg: Farangiz Hoshimova

- 54 kg: Tursunoy Rahimova

- 57 kg: Yodgoroy Mirzayeva 

- 60 kg: Rayxona Qodirova

- 64 kg: Maftuna Meliyeva 

- 69 kg: Shahnoza Yunusova

- 75 kg: Mavluda Mavlonova 

- 81 kg: E’zoza Meliyeva 

Ta’kidlash joiz, Osiyo chempionatida bokschilar medallar bilan birga joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga beriladigan yo‘llanmalar uchun ham kurash olib borishadi. Jahon chempionati esa, o‘z navbatida Olimpiya o‘yinlari litsenziyalari o‘ynaladigan musobaqa hisoblanadi. Shu bois, mamlakat federatsiyasi mutasaddilari va terma jamoa murabbiylari Bangkokka jo‘nab ketadigan tarkibni shakllantirishda barcha vazn toifalari bo‘yicha 1-raqamli sportchilarni, ya’ni Olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar charm qo‘lqop ustalarini saralab olishga e’tibor qaratishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing