Taniqli jurnalist Karim Bahriyev vafot etdi
Jamiyat
−
12:12 6315 2 daqiqa
Bugun, 29 mart kuni taniqli jurnalist, yozuvchi, tarjimon va sobiq deputat Karim Bahriyev 64 yoshida vafot yetdi. Bu haqda O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi xabar berdi.
U biroz muddat oldin insult bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.
Ma’lumot uchun, Karim Bahriyev 1962 yili Samarqand viloyati Urgut tumani G‘o‘s qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi fakulteti, Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. “Hurriyat”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Ma’rifat” gazetalari va “Jahon adabiyoti”, “Dugonalar” jurnallarida faoliyat yuritgan.
“Sabr kosasining siniqlari”, “Tomchidil” she’riy kitoblari, “Demokratiya va inson huquqlari”, “Jurnalistning huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyati”, “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslari”, “Haqiqat talabgorimiz”, “So‘z erkinligi haqida so‘z” kabi kitoblari nashr etilgan. Shuningdek, “Media huquqi” darsligi, “OAV qonunchiligidan 100 savolga 100 javob” qo‘llanmasi va qator tanqidiy-tahliliy maqolalar muallifi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Karim Bahriyev tarjimasida nemis, malay, ozarboyjon, turk, olmon, yunon, farang, arab, ingliz, ispan, amerika, eron, yapon, koreys, hind, golland, daniya, islandiyalik shoir va yozuvchilarning romanlari, she’rlari va balladalari chop etilgan.
U 1992, 2006 va 2011 yillarda “Mustaqillik” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
Live
Barchasi28 mart
28 mart