Taniqli o‘zbek futbol jurnalisti vafot etdi
Sport
−
03 mart 2023 16044 1 daqiqa
O‘zbek futboliga oid murakkab maqolalari bilan mashhur bo‘lgan jurnalist Mirakmal Jamilov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Uzoq yillar davomida o‘zbek futbolida jonkuyarlik ila qalam tebratgan jurnalist Mirakmal Jamilovning (“Hasanali ota”) vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari va oila-a’zolariga chuqur ta’ziya bildiramiz. O‘tganlarning oxirati obod bo‘lsin!", deyiladi federatsiya xabarida.
Mirakmal Jamilov asosan futbolga ixtisoslashgan gazetalarda faoliyat yuritgan.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral