Taniqli xonanda Davron G‘oyipov 61 yoshida vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekistonlik taniqli rok-pop yulduzi Davron G‘oyipov xastalikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda suhandon Tolibjon Isroilov xabar qildi.

Davron G‘oyipov 1961 yil 7 oktyabrda tug‘ilgan. Maktabni bitirganidan keyin 1978 yilda u “Yalla” guruhiga bas gitarachi sifatida taklif qilindi. 1980 yilda Davron G‘oyipov boshchiligida O‘zbekistondagi ilk rok guruhi – “Original” tuzildi. 1980 yillar boshlarida ijro etilgan “Bu nima bu?” qo‘shig‘i guruhga katta mashhurlik olib kelgan. Qo‘shiq asosida keyinroq film ishlangan va bosh rolni Davron G‘oyipov ijro etgan.

Bundan tashqari “Qaydasan”, “Kerak emas shahlo ko‘zlaring”, “Otkritoye okno” kabi qo‘shiqlar ham muxlislar ko‘ngilidan joy olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xonandaning dafn marosimi Xorazmda o‘tkaziladi.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlari va muxlislariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Davron G'oyipov

Baholaganlar

1424

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar