Talabaning formasini belgilash vakolati OTMlarga o‘tkaziladi
Jamiyat
−
28 dekabr 2021
37472022/2023 o‘quv yilidan moliyaviy mustaqil davlat oliy ta’lim muassasalariga Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning qator vakolatlari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning quyidagi vakolatlari ta’lim muassasalariga o‘tkaziladi:
• chet el fuqarolari o‘qishini xorijdan davlat OTMlariga ko‘chirish;
• qabul komissiyalari tarkibi, imtihon fanlarini tasdiqlash;
• amaliyot o‘tashni tasdiqlash;
• kiyim-boshga doir talablarni belgilash.
OTMlarda hisobotlarni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechiladi va Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi:
1-bosqichda – 2022 yil 1 martgacha quyidagilar joriy qilinadi:
• “O‘quv jarayonini boshqarish” qismi (davomat, o‘zlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallari raqamlashtiriladi);
• “Ilmiy jarayonni boshqarish” qismi;
• “Ma’muriy jarayonni boshqarish” qismi;
• “Moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish” qismi;
2-bosqichda – 2022 yil 1 maygacha:
• “Ta’lim sifatini nazorat qilish” qismi joriy qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident qarori bilan 35 ta OTMga moliyaviy mustaqillik berilishi belgilandi.
LiveBarchasi