Talabalar uchun ta’lim krediti joriy qilinadi
Jamiyat
−
04 fevral 2021
62312021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga ta’lim krediti berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonda aytilgan.
Farmonga ko‘ra, Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur amaliyotni yo‘lga qo‘yish hamda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga kreditlar uchun maqsadli resurslar ajratishni ta’minlash choralarini ko‘radi.
LiveBarchasi