Talabalar uchun koronavirusga test topshirish narxi arzonlashtirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasiga bo‘lgan ko‘plab murojaatlardan kelib chiqib, xorijdan O‘zbekistonga kirib kelayotgan talabalar uchun koronavirusga test topshirish narxi arzonlashtirildi.

Ma’lum qilinishicha, chegara o‘tkazish punktlari orqali Respublika hududiga kirib kelayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qiydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan talabalardan koronavirusga test tekshiruvlari istisno tariqasida 50 000 so‘mdan oshirmagan holda amalga oshirilishi belgilandi.

Talabalardan arzonlashtirilgan narxda test topshirishlari uchun pasport hamda talabalikni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing