Talabalar Samarqandda selda oqib ketayotgan butun bir oilani qutqarib qoldi
Jamiyat
−
24 aprel 2019
20234Toshkent davlat texnika universiteti konchilik ishi va metallurgiya fakulteti talabalari murabbiy boshchiligida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” aksiyasi doirasida dam olish kunlari Samarqand shahriga sayohat uyushtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, sayohat davomida viloyatning Qo‘shrabot tumanida kursdoshlari uyida mehmon bo‘lgan talabalar 2019 yil 20 aprel kuni selda oqib kelayotgan avtomashina ichidagilarni – butun boshli oila a’zolarining hayotini saqlab qolishdi.
Talabalar oqim bilan kelayotgan Nexia rusumli avtomobilini to‘xtatib, uning ichidan er-xotin, ularning ikki oylik chaqalog‘i hamda buvisini qutqarib olishdi.
Bir necha kundan buyon yog‘ayotgan yomg‘ir shu kabi ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqarmoqda.
LiveBarchasi