Talabalar Prezident saylovida “propiska”dan o‘tgan manzil bo‘yicha ovoz beradimi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 24 oktyabr kuni O‘zbekiston muhim siyosiy jarayon – Prezident saylovi o‘tkaziladi.

Qayd etish kerakki, bugungacha Prezident va parlament deputatligi uchun saylovlar dekabr oyining oxirgi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilgan. Ammo bu yil saylov qonunchiligiga o‘zgartirish kiritilib, bu muddat oktyabr oyi oxiriga ko‘chirildi. Saylovlar dekabr oyi oxirida o‘tkazilganda doimiy yashash manzilidan olisda tahsil olayotgan talabalar qishki ta’tildan foydalanib, ovoz berib kelgan.

Hozirgi vaziyatda doimiy yashash hududidan olisda tahsil olayotgan talabalar saylovda ovoz berishi uchun o‘z saylov uchastkasiga borishi kerakmi, degan savol yuzaga kelishi tabiiy. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur savolga javob berdi.

“Yo‘q. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident saylovida ishtirok etish uchun talabalarga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi. Endilikda saylovlarda ovoz berish uchun talabalar o‘z saylov uchastkasini o‘zgartirib, vaqtincha yashab turgan manzilidagi saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin”, deyiladi vazirlik javobida.

Talabalar Yagona interaktiv davlath xizmatlari portali orqali saylov uchastkasini almashtirish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing