Talabalar ko‘pligi, o‘qituvchi va auditoriya yetishmasligi... Oliy ta’lim nega hamon sifatsiz?

Jamiyat

photo_2021-11-26_14-56-36
0:00
0:00
download

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatining pastligi juda katta muammo bo‘lib qolmoqda. Sifatning yaxshilanmayotganiga talabalar sonining oshgani ham sabab bo‘la oladi. Agar oliy ta’lim tizimidagi o‘quv dasturlari o‘zgarmasa, ta’lim sifati o‘zgarmaydi. Bu haqda kecha, 26 noyabr kuni oliy ta’lim “Korrupsiyasiz soha” mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov ta’kidladi.

“OTMlarda ta’lim sifati juda katta muammo, buni yashirmaymiz. So‘nggi 3-4 yil ichida talabalar soni 3,5 barobarga oshib ketdi. Hozirga kelib, o‘qituvchining o‘zini topish muammo bo‘lib qoldi. Yana bizni qiynaydigan masalalardan biri, auditoriya yetishmasligidir”, deydi vazir o‘rinbosari. 

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hozir Oliy ta’lim vazirligi ta’lim sifatini yaxshilashni o‘zining asosiy vazifasi etib belgilagan. Vazir buyrug‘i bilan katta ichshi guruh tuzilgan. Barcha o‘quv yilidagi ish reja va dasturlar qayta ko‘rib chiqilmoqda.

“O‘zimizdagi o‘quv reja dasturlarida juda katta muammo bor. O‘quv reja dasturlarining ba’zilari, afsuski, domla uchun tuzilgan. Ya’ni iqtisod uchun emas, iqtisodiyotimizda mana shu kasb kerakligi uchun emas, o‘qituvchining ishsiz qolib ketmasligi uchun bitta dars qo‘shib qo‘yish maqsadida tuzilgan.  Biz mana shuni jiddiy tahlil qilyapmiz. Barchasi qayta ko‘rib chiqiladi. o‘quv reja dasturlarini o‘zgartirmasak, sifat o‘zgarmaydi. Ikkinchidan xorijda o‘qib kelgan vatandoshlarimizni OTMlarga jalb qilish bo‘yicha ham qattiq harakat qilyapmiz”, dedi Rahimjon Hakimov. 

Anjumanda ta’kidlanishicha, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, professional ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda professional ta’lim muassasasining o‘quv, amaliyot, boshqaruv, iqtisodiy, marketing, xo‘jalik faoliyatlari to‘liq raqamlashtiriladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing