“Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

Bugun, 13 mart kuni soat 16:00 dan Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan o‘tgan “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunga M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqorcha” dovoni qismida o‘tuvchi (1138-1141 kilometrida) kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida avtomobil yo‘lida qisman o‘prilish yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.

“Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing