Taxtaqoracha dovoni ochildi

Jamiyat

image

Avvalroq, noqulay ob-havo sabab turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilganligi haqida xabar bergan edik.

IIV YHXBB xabariga ko‘ra, tegishli choralar ko‘rilib, avtomobil yo‘li qordan tozalandi.

Hozirda dovondan o‘tgan avtomobil yo‘lida transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsat berildi.

“Barcha haydovchilardan yetarlicha past tezlikda, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Taxtaqoracha dovoni

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar