Taxtaqoracha dovoni ikki kunga yopiladi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2021 11161 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Taxtaqoracha dovonida joriy yilning 6-7 sentabr kunlari vaqti-vaqti bilan yo‘l yopib qo‘yilishi e’lon qilindi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi
Ma’lum bo‘lishicha, Kitob tumani hududidan o‘tuvchi M-39 Olma-ota—Bishkek—Toshkent—Shahrisabz—Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining 1135–1146-kilometridagi Taxtaqoracha dovonida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
O‘quv mashqi rejasiga ko‘ra, ushbu avtomobil yo‘lida fuqarolar va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida yo‘l atrofidagi ko‘chki va tosh qulashi xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda tegishli muhandis-texnik tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.
“Shu munosabat bilan mazkur avtomobil yo‘lida vaqti-vaqti bilan fuqarolar va avtotransport vositalarining harakatlanishi qisqa muddatli cheklanadi va yo‘l yopiladi”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr