Taxiatosh tumani hokimi pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani hokimi fermerga sholichilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun amaliy yordam berish evaziga undan 100 mln so‘m pul talab qilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Taxiatosh tumani hokimi fermerga sholichilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun amaliy yordam berish evaziga undan 100 mln so‘m pul talab qilgan.

U bu pullarni yashash xonadoniga borib turmush o‘rtog‘iga berishni tayinlagan. Hokimning turmush o‘rtog‘i mazkur pullarni olayotgan vaqtda huquq-tartibot xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksning 168-moddasi va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

337

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing