Tailandda rahbarining tanbehlaridan “to‘ygan” ayol neft omboriga o‘t qo‘ydi

Olam

image

Tailandda rahbaridan norozi bo‘lgan 38 yoshli ayol o‘zi ishlaydigan neft hamda kimyoviy vositalar saqlanadigan omborni yoqib yubordi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ayolning neft omboriga kirib, uni yoqib yuborayotgani kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Shundan so‘ng, politsiya ayolni hibsga olgan. U bu ishni rahbarining tinimsiz tanbeh berishidan jahli chiqib qilganini aytgan.

Yong‘in oqibatida osmonga quyuq qora tutun ko‘tarilishi bilan yaqin atrofda yashovchi aholi vahimaga tushgan.

Omborda mavjud bo‘lgan konteynerlarda minglab gallon neft va kimyoviy moddalar saqlangan. Bino Tanya bozoridan 300 metr uzoqlikda joylashgan.

Voqea sodir bo‘lgan hududda 40 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar soatlab ishlagan. Yong‘in kompaniyaga jami 40 million bat (taxminan 1,18 million AQSH dollari miqdorida) moddiy zarar yetkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

490

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing