Tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 martdan boshlab respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi.

2020 yil 1 martga qadar tadbirkorlikni rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlarini hisoblash va baholash bo‘yicha “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishga tushiriladi.

Ushbu tizimni ishlab chiqish, unga texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni saralab olish yo‘li bilan shartnoma tuziladi.

Qaror bilan Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, baholash yarim yillik va yil yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi.

Baholash natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tuman va shaharlar reytingi tuziladi, reytingda yuqori ko‘rsatkichlarga ega hududdagi tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlari moddiy rag‘batlantiriladi.

Baholash Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing