Tadbirkorlik sub’ektlari endi yer va mol-mulk hisobotini topshirmaydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlari yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisobot topshirmaydi. Bunday ishlar bilan mahallaga biriktirilgan soliqchilar shug‘ullanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, har bir tadbirkorning muammosini hal qilishga alohida soliqchi mas’ul bo‘lishi belgilangan.

Bunda, yillik aylanmasi:

  • 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan mikro biznes vakillari bilan mahalladagi soliq xodimlari;
  • 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan kichik tadbirkorlar bilan tuman soliq rahbari va uning o‘rinbosarlari;
  • 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan o‘rta biznes korxonalari bilan viloyat soliq rahbari va uning o‘rinbosarlari;
  • 100 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan yirik korxonalar bilan esa Soliq qo‘mitasi o‘rinbosarlari shaxsan ishlab, ularning muammolarini hal qilib boradi.

1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlari yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisobot topshirmaydi. Bu ishlar bilan mahallaga biriktirilgan soliqchilar shug‘ullanishi belgilandi.

Kelgusi yil 1 yanvardan esa kichik biznes sub’ektlari va fermerlarning hisobotini soliq idoralari elektron shaklda yuritadigan tizim bo‘lishi ma’lum qilindi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasiga soliq idoralarini korrupsiyadan xoli tuzilmaga aylantirish, xodimlarining ma’naviy-axloqiy qiyofasini yaxshilash bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat rahbari soliq xodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy jinoyatlar soni yildan-yilga ko‘payayotganini tanqid qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

er va mol-mulk hisoboti Tadbirkorlik sub'ektlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar