Tadbirkorlarning gaz va “svet”dan qanday foydalanayotganini tekshirishga ruxsat berildi

Jamiyat

image

2023 yilning 1 apreligacha Biznes ombudsman bilan kelishilmasdan tadbirkorlik sub’ektlarini energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini tekshirishga ruxsat berilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bugun, 12 dekabr kuni qabul qilingan “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari  bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining  oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. 

Hujjatda qayd etilishicha, 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 aprelga qadar “O‘zneftgazinspeksiya” va “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan, istisno tariqasida, Biznes ombudsman bilan kelishilmasdan, tadbirkorlik sub’ektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda, energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini tekshirishga ruxsat berilmoqda.

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi o‘tkaziladigan tekshiruvlar natijalari bo‘yicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yo‘qotishlariga va talon-tarojliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan jazo choralarini qo‘llash, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritib boriladi.

Yangi qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5031-son qarori 1-bandining “v” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu qaror bilan 10 dekabridan 2023 yil 1 martiga qadar Ai-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz solig‘i olib tashlandi. Bugun soat 00:000 dan boshlab "O‘zbekneftgaz"ga qarashli barcha Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 benzini narxi bir litri uchun 5700 so‘mdan sotilishni boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing