Tadbirkorlarni yangicha jazolashga bir yillik moratoriy o‘rnatildi

Jamiyat

image

Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish va javobgarligini liberallashtirish maqsadida 2023 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga bir yillik moratoriy o‘rnatildi.

Bu haqda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini 2023 yilda amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan.

“Adliya vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tkazish orqali bekor qilish;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash taqiqlash (jinoyat ishlari doirasida aniqlangan va ko‘rib chiqilayotgan huquqbuzarlik ishlari bundan mustasno)”, deyilgan dasturda.

Ta’kidlanishicha, buning natijada tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jazo choralari liberallashtirish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident Farmoni loyihasi 6 fevral kuni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Mazkur jamoatchilik muhokamasi 17 fevralgacha davom etib, bunda har bir fuqaro ishtirok etishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing