Tadbirkorlarga yer ajratish muammosi qanday hal etiladi?
Jamiyat
−
18 may 2019 5438 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14 maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining mazmun mohiyati Xalqaro press-klub sessiyasida muhokama qilinmoqda.
Muhokamada savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov tashkil etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarida Savdo sanoat-palatasidan ham vakil bo‘lishini aytib o‘tdi. Bu haqda O‘zA nashri xabar qilmoqda.
Shuningdek, Xalqaro press-klub sessiyasida tadbirkorlarga yer ajratish bo‘yicha muammolar ham ko‘rib chiqildi.
Adilya vaziri Ruslanbek Davletov bu haqida fikr bildirar ekan: “Yer ajratishda byurokratik to‘siqlar bor. Viloyatlarda hokimlar yerni auksionga chiqarmayaptilar. Hujjatlar stol ustida qolib ketyapti. Hokimiyatning yer ajratish bo‘yicha vakolatini qisqartirish kerak. Shu sababli Yer kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda”, deb takidladi.
Live
Barchasi