Tadbirkorlarga davlat tiliga oid yangi talab qo‘yilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Qonun bilan tovar (ish, xizmatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat tilida taqdim etilishi shartligi belgilab qo‘yilmoqda. 

Shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham iste’molchiga davlat tilida taqdim etadi. 

Bu ma’lumotlar davlat tili bilan birga boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullanib, Senatga yuborilgan.

“Menimcha, bu turmushimizda davlat tili ahamiyatini yanada oshirishga qaratilgan qadam bo‘ladi”, degan deputat loyihaga munosabat bildirib.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing