Tadbirkorlar “Og‘ir” mahallalarga biriktirilib, ularga imtiyozli kredit beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarda oilalarning daromad manbai yaratiladi. Bu haqda Hukumat qarori bilan maxsus nizom tasdiqlandi.  

Nizomga ko‘ra, tuman va shahar sektor rahbarlari tomonidan “og‘ir” mahallalar belgilanadi: 

•  Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun “o‘sish nuqtalari” aniqlanib, har bir tadbirkorlik yo‘nalishiga “yetakchi” tadbirkorlar biriktiriladi.

•  “Og‘ir” mahallalarga biriktirilgan “yetakchi” tadbirkorlarga 3 yil muddatgacha yillik 10 foiz stavkada mahalla uchun 2 milliard so‘mgacha kreditlar kooperatsiya asosida ajratiladi.

•  Har bir “og‘ir” mahallaga ajratilgan 2 mlrd. so‘m mablag‘larning 10 foizgacha bo‘lgan qismi ularning tegishli ixtisoslashuv yo‘nalishlarida bittadan namuna va o‘rnak ko‘rsatadigan tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi.

•  “Yetakchi” tadbirkorlarga kooperatsiya asosida ishlayotgan fuqaro tomonidan ishlab chiqarilayotgan (yetishtirilayotgan) mahsulotlarni sotib olish yoki shartnomaga asosan fuqaroga oylik ish haqi to‘lash sharti o‘rnatiladi.  

•  Kreditlar sektor rahbarlari tomonidan “og‘ir” mahallada tadbirkorlikni hamda iqtisodiy kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalar” va dasturlar Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazida himoya qilinib, ijobiy xulosasi olingandan so‘ng beriladi. 

Shuningdek, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan kichik va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga maydoni 10 sotixdan 50 sotixgacha bo‘lgan zamonaviy issiqxonalar barpo etish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasida 7 yil muddatgacha kreditlar ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing