Tadbirkorlar narxlar oshishiga sabab bo‘ladigan 3 omilni aytdi

Jamiyat

image

Iyul oyida o‘zbekistonlik tadbirkorlarning ko‘pchiligi kelgusi 12 oyda inflyatsiya darajasi 9-12 foiz atrofida bo‘lishini kutmoqda. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan mart oyi uchun “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining inflyatsion kutilmalari sharhi”da keltirilgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning iyul oyida o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, biznes sohasi vakillarining kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishi bo‘yicha inflyatsion kutilmalari ketma-ket 2 oy pasayib, 15,2 foizni tashkil etgan.

Tadbirkorlarning fikricha, keyingi 12 oyda narxlar oshishiga:

•  valyuta kursining o‘zgarishi (34 foiz);
•  yoqilg‘i va energiya resurslari narxining qimmatlashishi (31 foiz);
•  import qilinadigan xomashyo va butlovchi qismlar narxining oshishi (28 foiz) kabi omillar bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, transport xizmati xarajatlarining oshishi, import qilishdagi tarif va notarif cheklovlarning mavjudligi hamda xorijdan xomashyo yetkazib berishda uzilishlar bo‘lishini kutayotgan tadbirkorlarning ulushi o‘tgan oyga nisbatan oshgan. 

Bunda biznes vakillarining yuqoridagi omillar bo‘yicha xavotirlarining kuchayishi o‘tgan oyda benzin va dizel narxlari qimmatlashgani bilan izohlanmoqda. 

Bundan tashqari, kommunal xizmatlar qimmatlashishi hamda ish haqi va nafaqalarning oshishining kelgusi davrda narxlarga ta’sirini kutayotganlar hissasi o‘tgan oyga nisbatan qisqargan.


Maqola muallifi

Teglar

inflyatsion kutilmalar

Baholaganlar

176

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar