“Tadbirkorlar maktabi”: biznesni boshlash va boshqarishda dastlabki saboqni oling! 

Biznes

image

Respublikada yagona “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazida o‘tgan sakkiz oy davomida 260 dan ziyod tinglovchi tahsil olib, maxsus sertifikatga ega bo‘ldi.

Xo‘sh, markaz nima maqsadda va kimlarga uchun tashkil etilgan?!

O‘quv markazi qurilish materiallari ishlab chiqarishda tashabbuskor tadbirkorlarning sohadagi malaka darajasini muntazam oshirib borish, ilg‘or arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan “kelajak materiallari” nomenklaturasini kengaytirish hamda ishlab chiqarishda xalqaro standartlarni keng joriy etish maqsadida tashkil qilingan.

Shuningdek, markaz faoliyati bo‘lajak tadbirkorlarning moliya, soliq, marketing va huquqiy savodxonligini oshirish, ilg‘or va zamonaviy texnologiyalar, ishlanmalar, bilimlar va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yangi tadbirkorlarni kashf etishga qaratilgan.

Bugungi kunda “Tadbirkorlar maktabi”da qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida o‘z biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirib kelmoqda. 

Markazda o‘quv jarayonlari qanday tashkil qilingan?

Markazda 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatilgan. 

Mashg‘ulotlar zamonaviy o‘quv dasturlari va yangi ta’lim metodlari asosida quyidagi 4 ta modulga ajratilgan holda olib boriladi:

– devorbop qurilish materiallari;
– fasadlar uchun pardozlash qurilish materiallari;
– qoplamalar va pol qoplamalari;
– issiqlik saqlovchi qurilish materiallari;
– sement ishlab chiqarish.

72 soatga mo‘ljallangan kurslar chuqur malaka va ko‘nikmaga ega fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar tomonidan o‘tkaziladi. Bitiruvchilarga qurilish materiallari ishlab chiqarishni boshlashlarida konsultativ yordam ham ko‘rsatiladi. Buning uchun o‘quv markazi zarur ta’lim vositalari va o‘quv qurollari bilan ta’minlangan, adabiyotlar fondi yetarli darajada shakllantirilgan. 

Ta’lim olish va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash – mutloqo BEPUL.

Viloyatlardagi xohlovchilar uchun onlayn tarzda bilim olish imkoni mavjud.

Qayd etish joiz, “Tadbirkorlar maktabi” O‘zsanoatqurilishbank va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi huzurida tashkil etilgan.

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur ko‘chasi 68-a uy. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosi.
Kursga arizani onlayn yoki +998 71 2549201 raqami (9:00dan 17:00 gacha) orqali qoldirish mumkin.

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing