Tadbirkorlar diqqatiga! Endi valyutani bankning o‘zidan yarim soatda olish mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda tadbirkorlarning valyutani yarim soatda sotib olishiga imkon yaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida so‘z ochdi. 

Prezidentning qayd etishicha, 2021 yilda mamlakat iqtisodiyoti kamida 5 foizga o‘sishi, byudjet defitsiti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foizdan oshmasligi ta’minlanadi.

“Mana, valyuta bozori erkinlashganiga ham uch yildan oshdi. Bu ishlarni boshlaganimizda birov ishonarmidi? O‘zbekistonning valyutani erkinlashtirish siyosati uch oyga yetmaydi, deyishgandi. Shu davrda yurtimizda valyuta ayirboshlash borasida yetarli tajriba to‘plandi. Endi iqtisodiyotimizning xorijiy valyutaga bog‘liqlik drajasini bosqichma bosqis kamaytirishimiz zarur”, deydi Prezident.

Prezidentga ko‘ra, iqtisodiyotning xorijiy valyutaga bog‘liqlik darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish maqsadida valyuta kreditlari ulushi hozirgi 50 foizdan 45 foizgacha, ya’ni 2 milliard dollarga pasaytiriladi.

“Kelgusi yilda milliy valyutada chiqariladigan xalqaro obligatsiyalar ulushini hozirgi 25 foizdan kamida 40 foizga oshirishimiz zarur”, deydi Mirziyoyev. 

Shu bilan birga, kelgusi yilda banklararo valyuta bozori onlayn platformaga o‘tkaziladi va tadbirkorlarga valyutani bevosita bankning o‘zidan sotib olishga imkoniyat yaratiladi.

Natijada, tadbirkorlar valyutani hozirgidek 4 kunda emas, yarim soatda sotib olishi mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing