Tadbirkordan 15 ming dollar pora talab qilgan bank raisi ushlandi

Jamiyat

image

Toshkentda kredit ajratib berish uchun 15 ming dollar talab qilgan bank boshqaruv raisi qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanalida efirga uzatilgan lavhada ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xususiy banklardan birining boshqaruv raisi Toshkent shahridagi tadbirkorlarning biriga 4 mlrd so‘m miqdorida kredit ajratib berish uchun pora sifatida 15 ming AQSH dollari talab qildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur bank rahbari so‘ralgan puldan 103 mln so‘mni o‘z tanishiga tegishli MCHJning hisob raqamiga o‘tkazish orqali qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

411

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing