Tabiiy, suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshmaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 897-son qaroriga asosan joriy yilning 1 iyunidan boshlab tabiiy gaz uchun tariflar, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun narxlar oshirilishi belgilab qo‘yilgan edi. Ammo narxlar oshirilmadi.

Sababi yoqilg‘i-energetika resurslarini sotish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha bozor mexanizmlariga o‘tishning iste’molchilarga ta’sirini yengillashtirish maqsadida 2019 yil 31 mayda Vazirlar Mahkamasining yangi qarori imzolandi.

“Yoqilg‘i-energetika resurslarining ayrim turlari uchun tarif siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi mazkur qaror bilan 2019 yil 1 iyundan boshlab tabiiy gaz uchun tariflar, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun narxlarning oshirilishi bekor qilindi.

Mazkur qaror bilan sohaga oid boshqa yangiliklar ham amaliyotga joriy etilmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi suyultirilgan gaz Tabiiy gaz

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar