Tabiiy ofatlardan qutula olmayotgan Turkiya: Adana suvga g‘arq bo‘lmoqda

Olam

image

Turkiyaning Adana shahri kuchli to‘xtovsiz yog‘ingarchilik tufayli suv ostida qolmoqda. Bu haqda "Ihlas Haber Ajansi" xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik tufayli shahar ko‘chalarini suv bosgan, bir qancha avtomobillar oqib ketgan Bundan tashqari, jala ortidan shaharga kuchli do‘l yog‘gan.

Hozirda operativ xizmatlar bloklangan avtomobillarda qolgan haydovchilarga yordam ko‘rsatmoqda.

Yomg‘ir viloyat qishloq xo‘jaligiga ham katta zarar yetkazgani aytilmoqda.

Avvalroq Turkiyaning kuchli zilziladan jabr ko‘rgan Qahramonmarash viloyatida kuchli to‘fon bo‘lgani xabar qilingandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 40 dan ortiq kishi jarohatlangan, bir kishi halok bo‘lgan. Zilziladan keyin uylaridan ayrilgan odamlar yashagan chodirli lager ham vayron qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 20 aprel kuni Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida bo‘ron sodir bo‘lib, 40 ga yaqin odam jarohat olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing