Tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirgan baliqchilar aniqlandi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryoda noqonuniy baliq ovlaganlar tabiatga 1 milliarddan ortiq zarar yetkazdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tadbir davomida Tamaddun mahallasida yashovchi fuqarolar Q. Sh., I. Sh., X. B. va G‘. Sh. tomonidan Surxondaryoning Sho‘rchi tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida noqonuniy baliq ovlanganligi ma’lum bo‘lgan. Huquqbuzarlar tomonidan 182 bosh kumush tovon balig‘i (karas), 37 bosh orol moy balig‘i, 2 bosh Samarqand xramulyasi (tupak) baliqlari taqiqlangan usul – elektr qarmoq bilan ovlangan.

“O‘zbekiston Respublikasi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonining 24-moddasi talabini buzgan holda hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar hisob-kitob qilindi. Hisoblanganda 1 milliard 439 million 900 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan huquqiy baho berish va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar summalarini undirish maqsadida barcha to‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, yil boshidan beri noqonuniy ov qilgan 300 ga yaqin kishi jazolangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing