Sharmanda! Vazirlik xodimi ayollarga jinsiy aloqa evaziga maktab direktori lavozimini taklif qildi (audio)
3-sahifa
−
09 Sentabr 2025 56006 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimining ayollarga menejerlik sertifikatini olish va maktab direktori sifatida ishga joylashishda yordam berish evaziga u bilan jinsiy aloqa qilishni taklif qilgani eshitilgan audio tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova holat yuzasidan munosabat bildirib, audioxabardagi ovoz rostdan ham vazirlik xodimiga tegishli ekanini tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu vaziyat ishtirokchisi bo‘lgan vazirlik xodimi lavozimidan ozod etilgan.
“Aytish lozimki, vazirlik sohaga doir korrupsion holatlar hamda manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshi.
Shuningdek, tizimda mehnat qilayotgan barcha xodimlarning kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishi tarafdori.
Shu kabi noqonuniy vaziyatlarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi”, deydi Dilfuza Sobirova.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyul oyida Samarqand viloyatida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining mansabdori Zoom platformasida o‘tkazilgan majlisda kamerasini yoniq qoldirgan holda hamkasbi bilan o‘zini noo‘rin tutgani aks etgan tasvirlar tarqalib, keskin munozaralarga sabab bo‘lgandi. Shundan so‘ng xabarlarda tilga olingan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Live
Barchasi