Ta’lim va fan vazirligining veb-sayti “vzlom” bo‘ldi

Olam

image

Ukraina Ta’lim va fan vazirligining rasmiy veb-sayti xakerlik hujumiga uchradi, uning mazmuni ukrainaliklarga tahdid soladigan sahifa bilan almashtirildi. Bu haqda “MY.UA” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, veb-sayt bugun, 14 yanvar kuni buzib kirilgan. Endi foydalanuvchilar vazirlik saytiga kirishganda, matnni uchta tilda ukrain, rus va polyak tillarida ko‘rishadi. 


Matnning mazmuni esa quyidagicha: Ukrainaliklarning kompyuterlardagi barcha ma’lumotlari go‘yoki yo‘q qilingan va ularni qayta tiklash mumkin emas. 

Hujumchilar, shuningdek, Ukraina aholisi haqidagi barcha ma’lumotlar ommaga oshkor bo‘lganini yozishgan.

Vazirlik saytidagi matnga ko‘ra, ukrainaliklarning shaxsiy ma’lumotlariga hujum Volin, Ukraina millatchilari tashkiloti, Ukraina isyonchilar armiyasi, Galitsiya, Polise va tarixiy yerlar uchun qasosdir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing