Svetlana Tixanovskaya namoyishchilarga kafolat berdi
Olam
−
22 Oktabr 2020
7417Belarusda umummilliy ish tashlashga qo‘shilgan korxonalar ishchilar moddiy yordam ga umid qilishi mumkin. Belarus muxolifati yetakchisi, prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya shunday bayonot bilan chiqdi.
Agar Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko yakshanbagacha Tixanovskaya qo‘ygan talabni bajarib, iste’foga chiqmasa, u barcha fuqarolarni ishga va o‘qishga bormaslikka, bank hisobidan pul yechmaslikka, davlat xizmatlaridan foydalanmaslikka va ular bilan hamkorlik qilmaslikka chaqiryapti.
“Men agar siz iqtisodiy tushkunlikka tushsangiz yoki ishingizdan ayrilsangiz BySol jamg‘armasidan yordam olishingizni kafolatlay olaman”, degan Tixanovskaya.
Prezidentlikka sobiq nomzodning ultimatuimdan keyin Belarus tergov qo‘mitasi uni xalqaro qidiruvga berdi.
O‘z navbatida, Aleksandr Lukashenko yaqinlashayotgan yakshanba kuniga Minskda tartib o‘rnatilgan bo‘lishini aytdi. U G‘arb davlatlarini mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda ayblayapti.
LiveBarchasi