Svetlana Olimpiadaga boradi

Sport

image

Toshkentda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ham sportchilar ishtirok etdi.

Ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Svetlana Radzivil 1.96 metr balandlikni zabt etib, oltin medal qatori Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.

Ushbu yo‘nalishda Tokio Olimpiadasining normaviti aynan 1.96 metrni tashkil etardi. Ushbu yo‘nalishda Nadiya Dusanova 1.85 metr bilan shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Shu tariqa Svetlana Radzivil faoliyatida to‘rtinchi bor Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqda. Radzivil bungacha Pekin (2008), London (2012) va Rio (2016) Olimpiadalarida ham ishtirok etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bu terma jamoamizning Tokio Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan o‘n birinchi yo‘llanmasidir.


Maqola muallifi

Teglar

Svetalana Olimpiadaga boradi

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar