“Svet” o‘chishiga Qozog‘istondagi nosozlik sabab bo‘lgan - Energetika vazirligi
Jamiyat
−
25 yanvar 2022
18952Elektr tizimidagi avariya Qozog‘istonda yuz bergan. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 25 yanvar kuni soat 10:57 da Qozog‘iston Respublikasi elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi natijasida Olma-ota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.
Buning oqibatida Qirg‘iziston elektr tarmog‘ida, jumladan Bishkek, O‘sh va boshqa barcha shaharlarda elektr energiyasi o‘chishi kuzatilgan.
"Yagona elektr tarmog‘iga ulangan O‘zbekiston elektr tarmog‘i bu avariyaning salbiy ta’siri natijasida Qozog‘istondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastotani keskin o‘zgarishi oqibatida Toshkent IESi, Sirdaryo IESi da avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stansiyani ham avtomatik ravishda o‘chishiga olib kelgan.
Oqibatda Farg‘ona va Toshkent shahri va viloyati, Farg‘ona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi o‘chdi", deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda qo‘shni davlat tarmoqlaridan uzgan holatda har bir IESlarni alohida ishga tushirib, bosqichma-bosqich tarmoqlarni ulab, ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda.
Avariya tavsilotlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda axborot beriladi.
LiveBarchasi