Shundoq ham inqirozli sog‘liqni saqlash sohasi “svet” o‘chganda qay ko‘yga tushdi?
Jamiyat
−
25 yanvar 2022
8691Elektr energiyasidagi uzilishlar operatsiyalar jarayoniga xavf tug‘dirmaydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayev ma’lum qildi.
“Xavotirga o‘rin yo‘q. Barcha operatsion bloklar zamonaviy tarzda jihozlangan va qo‘shimcha ta’minot generatorlariga ulangan. Bir manbadan uzilish darhol ikkinchisi ulanishiga sabab bo‘ladi. Albatta, yordamchi dizel generatorlar bilan uzoq vaqt ishlab turish qiyin. Lekin tez orada umumiy ta’minot tiklanishiga umid qilamiz. Keyingi jarrohlik amaliyotlari shunga qarab rejalashtiriladi”, deydi Furqat Sanayev.
Matbuot kotibiga ko‘ra, vazirlik tomonidan tezkor chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Tibbiy maskanlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
Ma’lumot uchun, ayni paytda elektr ta’minot tiklanmagan, chorrahalarda tirbandliklar saqlanib turibdi, suv ta’minotida ham uzilishlar kuzatilyapti. Toshkent ayeroporti reyslar qabul qilishni to‘xtatgan.
O‘zbekiston Energetika vazirligi ushbu holatga Qozog‘istondagi energotizimda ro‘y bergan nosozlikni sabab qilib keltirgan.
LiveBarchasi