Suyultirilgan gaz importi uchun bojxona to‘lovi bekor qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi. Farmon bilan suyultirilgan gaz importi uchun bojxona boji va import uchun talab etiladigan hujjatlar bekor qilindi.

2021 yil 1 iyulgacha “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida fermerlarning daromad va xarajatlari avtomatik shakllantiriladigan va soliq organlariga yuboriladigan elektron tizim joriy etiladi.

Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlar natijalari ochiq e’lon qilib boriladi.

2021 yil 1 iyuldan bojxona nazoratini olib borishning quyidagi tartibi belgilanadi:

  • “Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari” sinov tariqasida tashkil etiladi;
  • bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini masofaviy boshqarish, inson aralashuvi keskin qisqartiriladi;
  • yegaralarda veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan tekshirish, to‘lovlar undirish jarayoni onlayn amalga oshiriladi.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing