Davlat suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llaganlarga subsidiya beradi

Jamiyat

image

Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan:

• suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini, shuningdek, ularni xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun  subsidiyalar taqdim etiladi;

• byudjet mablag‘larini oluvchilar bilan tuziladigan import shartnomalarini majburiy ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish talabi suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish doirasida tuziladigan import shartnomalariga tatbiq etilmaydi;

• hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini Davlat byudjeti hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi bekor qilinadi.

Qarorga ko‘ra, shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan:

• paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymatini Davlat byudjetidan subsidiyalar hisobiga qoplash tartibi faqat suv tejovchi texnologiyalarni joriy etgan ishlab chiqaruvchilarga tatbiq etiladi;

• qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan suv xo‘jaligi tashkilotlarining sug‘orish quduqlari va vertikal drenaj quduqlaridan ekinlarni sug‘orishga suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash sharti bilan ruxsat etiladi.

Shu bilan birga, qarorga muvofiq, 2020-2030 yillarda suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Suv tejovchi txnologiyalarni subsidiyalar

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar