Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Dilshodjon Xojiahmedov Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun,  Dilshodjon Xojiahmedov shu paytgacha Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari edi.

Dilshodjon Xojiahmedov 1975 yilda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 1999 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Dastlab, Rishton qurilish boshqarmasi 2-toifali betonchisi lavozimida ishlagan. 

Keyinchalik, Farg‘ona viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” texnik nazorat bo‘limi yo‘l qurilish ob’ektlari bo‘yicha texnik nazoratchisi, Farg‘ona viloyati Davlat arxitektura qurilish nazorat inspeksiyasi “Loyiha va qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat bo‘limi” bosh mutaxassisi, Farg‘ona viloyati Davlat arxitektura qurilish nazorat inspeksiyasi “Loyiha va qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat bo‘limi” boshlig‘i, Farg‘ona viloyati Davlat arxitektura qurilish nazorat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari,  Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri va Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing