Suv xo‘jaligi vaziriga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, Suv xo‘jaligi vazirligida bir nechta tayinlovlar amalga oshirildi. Ushbu ma’lumotni vazirlik Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, Azimjon Soatmurod o‘g‘li Nazarov O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Shu kungacha u innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari sifatida ishlayotgan edi.

Shuningdek, Vohidjon Axmadjonov suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Rustam Jo‘rayevich Qarshiyev O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Azimjon Nazarov 1976 yilda tug‘ilgan. Suv xo‘jaligi va melioratsiya, agro-injeneriya bo‘yicha mutaxassis. 1997 yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini, 2000 yili Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tugatgan.

Rustam Qarshiyev 1983 yilda tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining bakalavriatini 2005 yilda, magistraturasini 2009 yilda tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-gidrotexnik, selga qarshi va o‘zan rostlash inshootlari bo‘yicha magistrant. U bungacha O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing