Suv xo‘jaligi vaziriga ham o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Prezident qarori bilan Baxtiyor Kamolov hamda Dilshodjon Xojiahmedov suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Baxtiyor Kamolov bunga qadar 2 yil davomida Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Dilshodjon Xojiahmedov esa 2021 yilning dekabridan hozirgacha Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan. Undan avval Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Zafar Irisboyev Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi ob’ektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i etib belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing