Suv xo‘jaligi sohasidagi inspeksiya xodimlariga bir qator huquqlar berildi
Jamiyat
−
24 aprel 2021
5086Suv xo‘jaligi ob’ektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlariga bir qator huquqlar berildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi ob’ektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan Suv xo‘jaligi ob’ektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasi tasdiqlandi.
Inspeksiya boshlig‘i Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Inspeksiya xodimlariga quyidagi huquqlar berildi:
suv xo‘jaligi ob’ektlarida inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish;
xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi ob’ektlariga moneliksiz kirish, ularning xavfsizligi va ishonchli ishlashi yuzasidan texnik nazoratni tashkil etish masalalariga, ularning qo‘riqlanishi hamda muhofaza zonalari va sohilbo‘yi mintaqalari o‘rnatilganligiga doir materiallar bilan tanishish;
suv xo‘jaligi ob’ektlarini texnik soz holatda saqlash va muhofaza qilish, ularning xavfsizligini va ishonchli ishlashini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma hamda ko‘rsatmalar kiritish.
LiveBarchasi