Surrogat ona xizmati taqiqlanmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi dekabr oyi boshida Rossiyada chet el fuqarolari uchun surrogat onalarning xizmatlarini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bu haqda kecha, 27 noyabr kuni Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

“Chet elliklarga surrogatlik taqiqlanishi kerak. Xorijliklarga surrogatlik xizmatidan foydalanishni taqiqlash orqali bolalarni himoya qilish uchun hamma narsa qilish kerak. Dekabr oyi boshida shunday qaror qabul qilamiz”, deb yozadi u. 

Davlat Dumasi raisi bolalar savdosiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, so‘nggi bir necha yil ichida surrogat onalardan tug‘ilgan 45 ming chaqaloq xorijga eksport qilingan. 

“Bu yirik noqonuniy biznes bo‘lib, uning aylanmasi 2 milliard yevrodan oshadi. Bunday bolalar ko‘pincha eng og‘ir vaziyatlarga tushib qolishadi: ular jinoyat qurboni bo‘lishadi, jumladan, tana a’zolarini sotish, bir jinsli juftlikka tushib qolish. 

Avvalroq Davlat Dumasi vitse-spikeri Anna Kuznetsova Rossiyada chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga surrogat onalik xizmati ko‘rsatishni taqiqlashni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi. 

Hujjatga ko‘ra, surrogat onalar xizmatidan faqat Rossiya Federatsiyasining turmush qurgan fuqarolari yoki yolg‘iz ayol – tibbiy sabablarga ko‘ra mustaqil ravishda farzand ko‘ra olmaydigan yoki tug‘a olmaydigan Rossiya fuqarosi foydalanishi mumkin bo‘ladi. Rossiyada xorijliklarga surrogat onalik xizmatidan foydalanish taqiqlanadi. Faqatgina Rossiya Federatsiyasi fuqarosi surrogat ona bo‘lishi mumkin deb taklif qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

381

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made