So‘rovnoma: yaxshi yashash uchun oliy ma’lumotli bo‘lish shartmi?
Jamiyat
−
29 may 2021
7851XXI asrga kelib ko‘plab mamlakatlarda shaxsning ma’lumoti, uni qaysi nufuzli oliy ta’lim muassasasini tamomlagani birinchi darajali talabga aylangan. Shunday davlatlarga Janubiy Koreya va Yaponiya yaqqol misol bo‘la oladi. Ammo “eng muvaffaqiyatli”lar qatoridan joy olgan mashhurlarning barchasi ham hozirgi darajasiga universitet diplomi evaziga erishmaganini ko‘rish mumkin.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzidagi millionerlarning 20 foizi umuman universitetda o‘qimagan.
Masalan, "Microsoft" asoschisi Bill Geyts universitetga kirganidan ikki yil o‘tib o‘qishni tashlagan. Bugungi kunda uning boyligi 124 mlrd dollarga teng deb baholanadi. Kompyuter uskunalarini ishlab chiqarishdan yaxshigina foyda olishni boshlagan Mayk Dell ham universitetdagi o‘qishini tashlagan. Bugungi kunda uning hisobida 51,7 mlrd dollar puli bor. AQSH mashinasozlik sanoatining asoschilaridan biri Genri Ford hech qachon kollejda o‘qimagan va maktabning yuqori sinflarini ham tamomlamagan.
Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, insonning kelajakdagi mavqei faqatgina o‘ziga bog‘liq. Oliy ma’lumotli bo‘lmasdan turib ham mansab egasi yoki yirik kompaniya xo‘jayini bo‘lish mumkin.
Bugun, 29 may kuni QALAMPIR.UZ aholi o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdi. Savol esa quyidagicha: inson kelajakda o‘z o‘rnini topishi uchun oliy ta’lim muassasasida o‘qishi shartmi?
Aholi orasida o‘tkazilgan mazkur so‘rovnoma davomida kimdir OTMda o‘qish kerakligini aytsa, yana kimdir har bir inson jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun OTMda o‘qish unchalik ham muhim emasligini ta’kidladi. Xo‘sh, bu borada sizning fikringiz qanday?
LiveBarchasi