So‘rovnoma: Tirikchilik g‘amida yurganlar prezident saylovida ovoz berdimi?

Jamiyat

O‘zbekistonda Prezident saylovi yakunlanishiga ham oz fursat qoldi. QALAMPIR.UZ saylov bo‘yicha mutaxassislar va kuzatuvchilar fikrini o‘rganib, kun davomida jarayonlar haqida xabar berib bordi. Shu jumladan, saylov yakshanba, savdo-sotiq ayni qaynaydigan kun o‘tkazilgani uchun bozorda ishlayotgan sotuvchilar va tirikchilik g‘amida yurgan fuqarolar fikri bilan ham qiziqib, so‘rovnoma o‘tkazdi.

Ba’zilar o‘z huquqidan foydalanib, munosib nomzodga ovoz bergan, ba’zilarning esa, bugungi saylov jarayonidan xabari ham yo‘q. Hattoki, saylov taklifnomasini ko‘rmagan, qaysi uchastkadan ovoz berishi kerakligini bilmagan fuqarolar ham topildi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tamiz, so‘rovnoma fuqarolarga saylovda ishtirok etish huquqini yodga solish maqsadida o‘tkazildi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ovoz berish jarayoni soat 20:00 da yakunlanadi. Soat 17:00 holatiga jami saylovchilarning 71,8 foizi yoki 14 258 780 nafari ovoz berib bo‘ldi.

Izoh: so‘rovnoma soat 16:30 dan 17:30 oralig‘ida Toshkentdagi "Chorsu" bozorida o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

152

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing