Surxonga qaytgan Jalolovga hokim yana bir “toychoq” sovg‘a qildi

Sport

image

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha oltin medal sohibi bo‘lgan Bahodir Jalolovga avtomobil sovg‘a qildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Bugun, 19 avgust kuni Termiz shahrida XXXII yozgi olimpiya o‘yinlarida sportning boks turi bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolovni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida viloyat hokimi sportchiga Skoda Kodiaq avtomobilining kalitini topshirdi.

Ma’lumot uchun, Olimpiadada ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar – Ulug‘bek Rashidov (taekvondo), Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika) va Bahodir Jalolov (boks) g‘olib chiqib, O‘zbekiston delegatsiyasiga 3 ta oltin medalni taqdim etishdi. Shuningdek, erkin kurash ustasi Bekzod Abdurahmonov va dzyudochi Davlat Bobonov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Oltin medal sohiblariga Chevrolet Tahoe avtomobili va bronza medal sohiblariga Chevrolet Traiblazer hamda poytaxtdan uy sovg‘a qilindi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1580

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing