Surxondaryolik yigit “Sayohat” mehmonxonasining 4-qavatidan o‘zini tashlab, vafot etdi

Jamiyat

image

10 avgust kuni Rossiyaning Qozon shahridan kelgan 31 yashar surxondaryolik O.K. o‘z joniga qasd qildi. U Toshkentdagi o‘zi joylashgan “Sayohat” mehmonxonasining 4-qavat derazasidan o‘zini tashlagan. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda. 

Gap shundaki, Surxondaryo viloyati, Denov tumani, I.Ismoilov MFYda yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan O.K. o‘z joniga qasd qilib, Mirzo Ulug‘bek tumani, BIY ko‘chasi, 115-uyda joylashgan “Sayohat” mexmonxonasining 4-qavat 408-xonasidan o‘zini uloqtirib vafot etgan. 

Dastlabki tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borish jarayonida, O.. Rossiya Federatsiyasi Qozon shahriga ishlash uchun oilasi bilan birga ketgani, joriy yilning 4 avgust charter reys orqali Toshkent shaxriga olib kelinib, Mirzo Ulug‘bek tumani DSENB tomonidan karantinga olingani, “Sayohat” mexmonxonasi 408-xonaga joylashtirilgani, 7 avgust kuni COVID-19 virusi uchun test topshirgani, 9 avgust kuni COVID-19 testi manfiy chiqqani aniqlangan. 

Shuningdek, O.K.ning Surxandaryo viloyati Denov tumanida istiqomat qiluvchi yaqin qarindoshlari bilan telefon orqali suhbat qilinganida, ular so‘nggi paytlarda O.K.ning ruhiyatida salbiy tomonga o‘zgarishlar sezilganini va o‘zini yomon his qilib yurgani, shu sababli uning turmush o‘rtog‘i va ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari Rossiya Federatsiyasi xududida qolishiga qaramasdan, uni O‘zbekiston Respublikasiga olib kelinganini bayon qilishgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, O.K.ning ruxiy kasallika chalingan yoki chalinmaganligi holatlariga aniqlik kiritish choralari ko‘rilmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Sayohat mehmonxonasi

Baholaganlar

586

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar