Surxondaryodagi YTH oqibatida 19 yoshli yigit vafot etdi

3-sahifa

image

Shu yilning 6 aprel sanasida Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani Bo‘ynoqli mahallasidan o‘tgan 4-P 101 avtomobil yo‘lining 18-kilometrida Cobalt haydovchisi tezlikni oshirib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgani va qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan mototransportga urilgani oqibatida yo‘l transport hodisasi yuz berdi.

Oqibatda mototransport haydovchisi og‘ir tan jarohati olgan. Uning yo‘lovchisi esa voqea joyida halok bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, mototransportning davlat raqami bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Toshkentdagi YTHda Ozarbayjon fuqarosi vafot etgani haqida  xabar qilgan edik.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing