Surxondaryodagi postdan o‘tkazilayotgan anor sharbatlari ichidan giyohvandlik moddasi chiqdi

Jamiyat

image

Surxondaryoda anor sharbatlari orasida sintetik giyohvandlik vositasini O‘zbekistonga olib kirayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti orqali kirib kelgan yuk avtotransport vositasi hujjatlarga ko‘ra, 9 000 dona plastik idishlarga qadoqlangan 18 tonna anor sharbati ortilgan bo‘lib, poytaxtdagi MCHJdan birining nomiga yuborilgan.

Ammo bojxona organlari faoliyatiga joriy qilingan “Xavflarni boshqarish” tizimida yuklar “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilgan. Shundan so‘ng ushbu yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Ko‘rik davomida shubhaga sabab bo‘lgan jihat shundaki, ayrim anor sharbati idishlariga “M” harfi belgisi tushirilgan bo‘lib, aynan shu idishlardagi sharbatning rangi ham boshqalaridan biroz farq qilgan. Qolaversa, aynan shu idishlar ochib ko‘rilganida, idish og‘zidagi himoya qatlamlari ham muqaddam ochilgani shubhalarni yanada orttirgan.

Giyohvandlik vositalarini tezkor aniqlashga xizmat qiluvchi sinama ko‘magida ushbu sharbat tekshirib ko‘rilganida uning tarkibida “Metamfetamin” nomli sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Aynan “M” harfi tushirilgan sharbatlar soni 48 dona bo‘lib, idishi bilan hisoblaganda ularning umumiy og‘irligi 103 kilogrammni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, metamfetamin moddasi mamlakat hududida muomalasi taqiqlangan narkotik moddalar ro‘yxatiga kiritilgan. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing